Адаптируем резюме под ATS-фильтры, подготовим сопроводительное на основе резюме и вакансии, соберём гайд подготовки к собеседованию, найдём контакты HR и нанимающих
1. Press sехi uchun yangi ishlab chiqarish hajmlarini (объём) izlash va jalb qilish.
2. Avtomobil sanoati va boshqa ishlab chiqarish korxonalari orasida yangi mijozlar va potensial buyurtmachilarni izlash.
3. Presslash, shtamplash va metall detallari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalar va buyurtmalarni aniqlash.
4. Qoliplarni ta’mirlash va CNC dastgohlarida mexanik ishlov berish bo‘yicha yangi buyurtmalarni izlash va jalb qilish.
5. Korxonaning CNC, presslash va boshqa ishlab chiqarish quvvatlarini tashqi mijozlarga taklif qilish.
6. Delyovoy / ishlab chiqarish chiqindilarini sotish uchun potensial xaridorlar va bozorlarni izlash, tijorat takliflarini olish va sotuv jarayonini tashkil etish.
7. Press sехi uchun boshqa turdagi qo‘shimcha buyurtmalar va ishlab chiqarish loyihalarini izlash.
8. Potensial mijozlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish.
9. Mijozlar bilan muzokaralar olib borish, tijorat takliflarini tayyorlash va yuborish.
10. Yangi loyihalar bo‘yicha RFQ, texnik topshiriq, chizma va boshqa ma’lumotlarni mijozlardan olish hamda tegishli bo‘limlarga yetkazish.
11. Buyurtmaning hajmi, narxi, yetkazib berish muddati va boshqa tijorat shartlarini kelishishda ishtirok etish.
12. Yangi mijozlar, potensial loyihalar va kutilayotgan buyurtmalar bo‘yicha muntazam hisobot taqdim etish.
13. Bozorni o‘rganish, raqobatchilar va potensial mijozlar haqida ma’lumot yig‘ish.
14. Korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlarini bozorda targ‘ib qilish va yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratish.
Требования:- B2B savdo yoki marketing sohasida tajriba;
- ishlab chiqarish korxonalari bilan ishlash tajribasi;
- yangi mijozlarni mustaqil izlash va muzokara olib borish qobiliyati;
- avtomobil sanoati, metallga ishlov berish, presslash yoki CNC yo‘nalishidagi tajriba afzallik hisoblanadi;
- tijorat takliflari va muzokaralar bilan ishlash ko‘nikmasi;
- rus tili va o‘zbek tilini yaxshi bilish;
- ingliz tilini bilish — afzallik;
- MS Office, Excel bilan ishlash ko‘nikmasi;
- faol, kommunikativ va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish.
Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish.
To‘liq ish kuni.
Barcha zarur shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash.
Barqaror ish haqi (kelishilgan holda).
Ahil jamoa va qulay mehnat sharoitlari.
Bir mahal issiq ovqat.
Qatnash uchun jamoat transporti.
Будьте осторожны: если работодатель просит войти через Google, iCloud или Госуслуги, прислать код или пароль, запустить ПО или перевести деньги — это мошенники.
ЖмитеГайд по безопасности