Адаптируем резюме под ATS-фильтры, подготовим сопроводительное на основе резюме и вакансии, соберём гайд подготовки к собеседованию, найдём контакты HR и нанимающих
📢 VAKANSIYA: Marketing menejer (SMM + AI kontent)
Edu Pro o'quv markazi jamoasiga marketing menejer qidirmoqda.
2018-yildan beri arab va ingliz tili bo'yicha ta'lim beramiz, 1000 ga yaqin o'quvchimiz bor. Yangi filiallar ochilmoqda, jamoamiz kengaymoqda.
🎯 Vazifalar:
— Sun'iy intellekt (AI) yordamida video kontent yaratish
— Instagram Reels, Telegram va YouTube Shorts uchun ssenariylar yozish
— Videografga texnik topshiriq (TZ) berish va natijani nazorat qilish
— Kontent-reja tuzish va postlarni muntazam joylash
— Targetologga TZ berish va reklama natijalarini kuzatish
— Sotuv bo'limiga barqaror lid oqimini ta'minlash
❗️ Muhim: biz yuqoridagi vazifalarning barchasini mustaqil va sifatli bajara oladigan mutaxassisni qidiryapmiz. Bu yo'nalishlarning faqat bir qismini biladigan yoki endi o'rganmoqchi bo'lgan nomzodlar bu lavozimga mos kelmaydi.
✅ Talablar:
— SMM yoki marketingda kamida 1 yil tajriba
— AI vositalarida ishlay olish (ChatGPT, Claude, video generatsiya servislari)
— Reels va Shorts trendlarini tushunish, sotadigan ssenariy yoza olish
— Targeting asoslarini bilish (lid narxi, konversiya)
— O'zbek tilida savodli yozish (rus tilini bilish afzallik)
— Mas'uliyat va natijaga yo'naltirilganlik
💰 Biz taklif qilamiz:
— Oylik: 800$ – 2000$ (fiks + KPI)
— KPI lidlar soni va sifatiga bog'liq
— Ish formati: offline yoki online (kelishiladi)
— Ish vaqti va kunlari kelishiladi
— Tayyor jamoa: videograf, dizayner, targetolog
— Kengayib borayotgan kompaniyada o'sish imkoniyati
📩 Ariza topshirish:
Rezyume va portfoliongizni (yuritgan sahifalaringiz, videolaringiz) Telegram orqali yuboring
Rezyumeda oxirgi ishingizdagi bitta natijani ham yozing: qancha lid olib kelgansiz va har bir lid necha pulga tushgan.
Будьте осторожны: если работодатель просит войти через Google, iCloud или Госуслуги, прислать код или пароль, запустить ПО или перевести деньги — это мошенники.
ЖмитеГайд по безопасности